Coca-Cola o‘zining ilk parhez ichimligini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Gap 1980-yillarda juda mashhur bo‘lgan Tab ichimligi haqida ketmoqda. Avvalroq, Coca-Cola kompaniyasi koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zining yarmidan ko‘proq brendlarini qisqartirmoqchi ekanini ma'lum qilgan edi.
The Wall Street Journal’ning xabar berishicha, AQShning dunyoga mashhur Coca-Cola kompaniyasi o‘zining ilk parhez ichimligi - Tab’ni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda.
Tab brendi ostidagi ichimlik 1963 yildan ishlab chiqarila boshlagan va Coca-Cola’ning ilk gazli parhez ichimligiga aylangan edi. 1970-80 yillarda mahsulot o‘z mashhurligining cho‘qqisiga erishadi. Keyinchalik, Diet Coke parhezli ichimligi chiqarila boshlangach, Tab’ning mashhurligi pasayib ketadi. Shunga qaramay kompaniya mijozlar bilan hurmat tufayli bu ichimlikni ishlab chiqarishni to‘xtatmagan. Nashrning qayd etishicha, ba'zi vaqtlarda Tab ichimligining muxlislari agar uni topa olishmasa, kompaniya shtab-kvartirasiga qo‘ng‘iroq qilib petitsiya imzolashgacha borishgan.
The Wall Street Journal tomonidan yuritiladigan Euromonitor International ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Tab ichimligining sotuvidan 22 milliard AQSh dollari tushgan. Shu bilan birga, kompaniyaning yana boshqa ichimliklari Diet Coke jami sotuvlarning 35 foizini, Zero Sugar esa 22 foizini tashkil qiladi.
Coca-Cola kompaniyasining innovatsiya va marketinglar bo‘yicha direktori Ket Ketser ushbu holatni kompaniya boshqa brendlar uchun «joy bo‘shatmoqchi» ekanligi bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya salohiyatga ega bo‘lmagan va savdosi o‘smayotgan brendlardan voz kechmoqchi.
Mavzuga oid
14:51 / 25.01.2021
Aksilkorrupsiya agentligi «Coca Cola Ichimligi»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni talab qildi
18:55 / 18.01.2021
Sayyorani eng ko‘p «ifloslantiruvchi» kompaniyalar ma'lum qilindi
23:55 / 30.12.2020
Coca-Cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotib olish uchun 3ta taklif tushgani ma'lum qilindi
10:54 / 18.12.2020