Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Putin bilan Qorabog‘ masalasini muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni batafsil muhokama qildi.
Putin Fransiya rahbariga jangovar harakatlarning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari to‘g‘risida xabar bergan.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar Fransiya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
«Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ muammosini siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish maqsadida jangovar harakatlarning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik va muzokaralarni boshlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida ma'lumot berdi», deyilgan xabarda.
«Rossiya va Fransiya YeXHT Minsk guruhining hamraislari sifatida, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi orqali ham yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyor ekanligi ta'kidlandi», deya qo‘shimcha qilgan Kreml.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari turli darajadagi aloqalar to‘g‘risida kelishib olishgan.
Mavzuga oid
20:20 / 04.06.2026
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi
08:41 / 03.06.2026
Putin: rus tili filologiya fakultetlaridan ajratilishi kerak
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
22:33 / 29.05.2026