O‘zbekiston | 02:19 / 22.10.2020
20095
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Xebey provinsiyasidan Toshkentga birinchi muntazam xalqaro yuk poyezdi jo‘natildi 

Foto: dunyo.info

25 oktyabrda Xitoyning Xebey viloyatidan Toshkentga birinchi muntazam xalqaro yuk poyezdi “Gaoi-Xorgos-Toshkent” yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Xitoyning “Jenmin jibao” nashri xabar berdi.  

Poyezd  “Ibo” xoldingining Shitszyachjun shahrida joylashgan “aqlli” portidan 12 oktyabrda jo‘nagan.  

50 ta vagondan iborat poyezd Toshkentga umumiy qiymati 30 mln yuanni tashkil qiluvchi yukni, jumladan tibbiy vositalar, velosipedlar, avtomobil ehtiyot qismlari, sanoat qurilmalari uchun detallarni keltiradi. 

Endilikda Shitszyachjundagi portdan har oy Xitoy-Yevropa (Markaziy Osiyo) yo‘nalishida kamida 12 ta poyezd jo‘natiladi. 

Xitoy provinsiyasidan muntazam reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Yevropa va Osiyoga Xebeyda ishlab chiqarilgan tovarlar yetkazilishi hajmini oshirishga imkon beradi.

Mavzuga oid