Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Avvalgi prokuror Sirdaryoga ishga o‘tgandi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Basimovich Ahmedov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Baxtiyor Ahmedov 2014 yilgacha Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani prokurori lavozimida ishlagan, so‘nggi vaqtlarda Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni 2017 yilning iyunidan beri Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlangandi.
25 noyabr kuni esa adliya katta maslahatchisi, Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Shohrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
11:06 / 14.09.2024
Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024