Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida ish boshlaydi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Xudoyberdiyev Nurshod Nurmamatovich Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tayinlov Respublika qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
Nurshod Xudoyberdiyev 1983 yilda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Namangan viloyati «Suvnazorat» inspeksiyasida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-2016 yillarda Mingbuloq tumani, Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2016-2017 yillarda «Norin-Sirdaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017-2019 yillarda «Norin-Sirdaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Nurshod Xudoyberdiyev 2019 yildan 2024 yil avgust oyiga qadar Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlagan.
2024 yil 17 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda bir necha tumanlar rahbarlari qatorida Nurshod Xudoyberdiyev ham lavozimidan ozod etilgan edi.
Mavzuga oid
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
08:47 / 10.12.2025