Qirg‘iziston saqlash talablarini bajara olmasligi sababli Pfizer vaksinasidan voz kechmoqchi
Pfizer vaksinasi minus 70 daraja haroratda saqlanishi lozim. Qirg‘iziston vaksinani saqlash uchun 2 mln dollarlik jihozlar sotib olishiga to‘g‘ri keladi.
Qirg‘iziston texnik sabablar tufayli Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini olishdan voz kechmoqchi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alimqadir Beyshenaliyev ma'lum qildi.
"Bizga Amerikaning minus 70 daraja haroratda saqlanishi shart bo‘lgan Pfizer vaksinasi taklif qilindi. Bizda har biri 4 ming dollar turadigan muzlatkichlar yo‘q. Budjetda bunday pul yo‘q va biz voz kechishga majburmiz", - dedi u.
Vazirning ma'lumot berishicha, Pfizer vaksinasini saqlash uchun respublika 2 mln dollarlik jihozlar sotib olishiga to‘g‘ri keladi. Beyshenaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston COVAX dasturi doirasida Pfizer kompaniyasining 1 mln doza vaksinasini olishi lozim . Bishkek yaqin vaqt ichida saqlash shartlari oddiyroq bo‘lgan yana bir vaksinaga ariza bermoqchi.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston minus 2 darajadan minus 18 darajagacha haroratda saqlanishi kerak bo‘lgan "Sputnik V" vaksinasini sotib olish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 82 mingdan ortiq bo‘lib, 1400 nafarga yaqin kishi vafot etgan. Respublikada o‘tgan yilning martidan buyon favqulodda vaziyat rejimi davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:03 / 25.10.2024
Qirg‘iziston bayroq ortidan madhiyani ham o‘zgartiradi
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
11:38 / 22.10.2024