Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bayroq ortidan madhiyani ham o‘zgartiradi
Hozirgi madhiya eskirgani, yangisi esa hamma kuylay oladigan bo‘lishi kerakligi ta’kidlanmoqda.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev mamlakat madhiyasi qayta yozilishini ma’lum qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
«Biz hozirgi madhiyani Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqanimizda qabul qilganmiz. Hozir biz oyoqqa turgan, taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatmiz. Shuning uchun madhiyani o‘zgartirishimiz kerak. U hamma kuylay oladigan bo‘lishi kerak», dedi Nurlanbek Shakiyev.
Qirg‘iziston Respublikasining davlat madhiyasi 1992 yil 18 dekabrda Qirg‘iziston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. Dastlab u uch kuplet va naqoratdan iborat edi. Ammo Jogorku Keneshning 2012 yil 27 dekabrdagi qarori bilan ikkinchi kuplet chiqarib tashlandi.
Qirg‘iziston 2023 yil 22 dekabrda davlat bayrog‘ini ham o‘zgartirdi. Undagi quyosh nurlarining to‘lqinsimon shakli to‘g‘ri chiziqli shaklga almashtirilgandi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026