O‘zbekistonda mittilik kasaliga chalingan 42 kishiga pensiya to‘lanmoqda - Pensiya jamg‘armasi
Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati pensiya jamg‘armasi hisobida turib mittilik (pakana) kasalligiga chalingan shaxslar imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasida, gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar, erkaklar ish staji kamida 20 yil va ayollar ish staji kamida 15 yil bo‘lgan taqdirda umumiy pensiyaga chiqish yoshini 15 yilga qisqartirgan holda imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan (erkaklar – 42 yoshdan, ayollar – 25 yoshdan).
Bugungi kunda, mittilik kasaliga chalingan 42 nafar fuqarolarga (shundan: erkaklar 17 nafar, ayollar 25 nafar) umumiy belgilangan pensiya yoshidan 15 yil oldin imtiyozli pensiya tayinlanib to‘lanmoqda.
Bular respublika bo‘yicha quyidagicha: Toshkent shahri – 9 nafar, Buxoro viloyati – 7 nafar, Namangan viloyati – 5 nafar, Farg‘ona viloyati – 5 nafar, Andijon viloyati – 4 nafar, Samarqand viloyati – 3 nafar, Xorazm viloyati – 3 nafar, Surxondaryo viloyati – 2 nafar, Toshkent viloyati – 2 nafar, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida – 1 nafar.
Qonunning 7-moddasida, umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to‘lganda ish staji kamida 25 yil va ayollar 55 yoshga to‘lganda ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘lishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
21:54 / 01.05.2024
Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi
13:18 / 04.05.2021
2022 yil 1 iyuldan pensiya tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi
16:57 / 15.04.2021