Tojikistonda o‘zbek kapitali ishtirokida qancha korxona faoliyat yuritayotgani ma'lum qilindi
Tojikistonda o‘zbek kapitali ishtirokidagi 51 korxona ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Tojikiston Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi Sa'di Qodirzoda 16 fevral kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Sa'di Qodirzoda o‘zbek kapitali asosida ishlayotgan korxonalarga misol tariqasida Dushanbeda maishiy texnika ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani va avtomobil ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ravon Motors Tajikistan» korxonasini keltirgan.
Qodirzodaning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston hududida o‘zbek kapitali ishtirokidagi korxonalar turli sohalarda faoliyat yuritadi va ularning umumiy ulushi 15 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Qodirzoda, chet el kapitali hajmini oshirish maqsadida xorijiy investorlar, shu jumladan, o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan muntazam videokonferensiyalar o‘tkazib kelinayotganini ta'kidlagan.
Ma'lumot uchun, Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Tojikiston kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 187 tani tashkil etadi. Shundan, 81 ta korxona 100 foiz Tojikiston kapitali ishtirokida, 106 tasi esa har ikki davlat tadbirkorlarining sarmoyasi asosida qo‘shma korxona sifatida tashkil etilgan.
So‘nggi yillarda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida savdo aloqalari rivojlanib bormoqda. Har ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash miqdori 2014-2020 yillar davomida salmoqli o‘sgan. 2014 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 501,9 million dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024