O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish vazifalari muhokama qilindi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilarining muloqoti avval tor doirada bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev mehmonni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini ta'kidladi.
Viktor Orban O‘zbekistonga kelganidan mamnunligini bildirib, Vengriya respublika bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Muzokarada siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini o‘zaro ishonch va keng doiradagi umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yangi sohalarni ishga solish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.
Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha qarashlar va yondashuvlar umumiy ekani tasdiqlandi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Viktor Orban bilan muzokaralarni boshlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:20
Vengriyada "O‘zbek tili do‘stlari klubi" tashkil etiladi
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:30 / 23.10.2024
Vengriyadan professor-o‘qituvchilar O‘zbekistonda dars berish uchun yuboriladi
11:00 / 15.10.2024