Muzokaralar çoğida Vengriya tomoni Stipendium Hungaricum dasturi böyiça özbekistonlik talabalarga Vengriya oliy öquv yurtlarida ta’lim olişlari uçun yillik kvotalar ajratiş orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, şuningdek, Özbekistonning ixtisoslaştirilgan universitetlari bilan akademik hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Şuningdek, jamğarma rahbariyati qöşma loyihalarni, jumladan, Vengriya universitetlaridan professor-öqituvçilarni Özbekistondagi universitetlarga dars beriş uçun yuboriş, qöşma dasturlarni işlab çiqiş, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, "Pannonia" va "Erazmuz+" xalqaro hamkorlik dasturlari doirasida uzoq muddatli asosda talabalar almaşinuvini yölga qöyişga tayyorligini bildirdi.
Jamğarma STEM fanlarini öqitiş uçun grantlar ajratişga katta ahamiyat beradi. Şu munosabat bilan Riçard Bodrogi özbekistonlik talaba va olimlarning bu boradagi qöşma dastur hamda loyihalarda iştirok etişi uçun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Vengriya tomoni bilan hamkorlikning amaliy qadami sifatida Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan qöşma loyihalar işlab çiqiş borasida onlayn muzokaralar taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.












