Toshkentdagi DXMlarda NFC qurilmalaridan foydalanish boshlandi
Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarining barchasi NFC (Near field communication) ixcham qurilmalari bilan ta'minlanib, ulardan sinov tariqasida foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur vosita qurilmalar o‘rtasidagi aloqani ta'minlab, kontaksiz operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Shu paytgacha, bu vositadan asosan Humo bank plastik kartalari orqali to‘lov tizimi sifatida foylanilgan. NFC dasturidan endilikda fuqaroning shaxsiy ma'lumotlarini tizimga bir necha daqiqalarda avtomatik ravishda kiritishda foydalanilmoqda.
Bunda fuqarolar tomonidan DXM xodimlariga shaxsini tasdiqlash bilan bog‘liq hech qanday ma'lumot va hujjatlar berilishi hamda to‘ldirilishi talab etilmaydi. Birgina ID kartaning taqdim etilishi va ID karta NFS qurilmasiga tekkizilishining o‘zi yetarli – ma'lumotlar tizimga joylashadi.
Kelgusida mamlakatning barcha tuman va shahar DXMlari mazkur qurilma bilan ta'minlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:02 / 03.08.2022
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish to‘liq ishga tushdi
17:45 / 28.07.2022
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda
17:43 / 28.07.2022
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 6 oyda 72 717 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgan
10:58 / 27.07.2022