Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, gap 1 mln doza vaksina haqida ketmoqda.
Avstriyaning Rossiyadan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha muzokaralari yakuniga yetdi, dedi Avstriya kansleri Sebastyan Kurs.
«Vaksinani sotib olishimiz mumkin», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kurier nashri.
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, gap 1 mln doza vaksina haqida ketmoqda.
Kurs mart boshlarida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev bilan uchrashgandi.
6 aprel kuni Kurs «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda ekanini va Avstriya vaksinani ustuvor tartibda olishi mumkinligini ma'lum qildi.