Avstriya kansleri Karl Nexammer Konstitutsiyani himoya qiliş va terrorizmga qarşi kuraş böyiça federal idora (BVT) sobiq xodimi Egisto Ott Rossiya Federatsiyasi foydasiga josuslikda gumonlanib uşlanganidan keyin milliy xavfsizlik kengaşini çaqirtirdi. Bu haqda 1 aprel, duşanba kuni dpa agentligi xabar berdi. 

«Rossiya josuslik tarmoqlari siyosiy partiyalar yoki birlaşmalarga kirib boriş yoki ularni ekspluatatsiya qiliş orqali mamlakatimizga tahdid solmoqda», dedi kansler. Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişi 9 aprelga belgilangan. 

«Josuslik böyiça jiddiy ayblovlar bor. Bir tomondan, bu ayblovlar sud tomonidan aniqlaştirilişi kerak, ikkinçi tomondan, bu ayblovlarning Avstriyadagi xavfsizlik holatiga ta’sirini baholaş va tuşuniş zarur. Şuning uçun 9 aprel kuni men milliy xavfsizlik kengaşini çaqirtiraman», - deb yozdi Nexammer X ijtimoiy tarmoğida. 

Rossiyaga josuslikda gumonlangan maxsus xizmat sobiq xodimining uşlanişi

Egisto Ottning qölga olingani mart oyi oxirida ma’lum böldi. U öz mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda va Avstriya manfaatlariga ziyon yetkazuvçi maxfiy razvedka işlarini olib borganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar bermoqda huquq-tartibot idoralari. Der Standard gazetasining yozişiça, Ott, xususan, Avstriya Içki işlar vazirligining uç nafar yuqori martabali amaldori telefonlaridan ma’lumotlarni Rossiya «FSB»ga uzatganlikda gumon qilinmoqda. 

Uşbu ma’lumotlar 2022 yilning yozida köp yillar davomida Avstriya Içki işlar vazirligi rahbari ofisiga rahbarlik qilgan Mixael Kloybmyuller, Federal politsiya direktori Mixael Takaç hamda Immigratsiya böyiça federal idora boşliği bölgan Gernot Mayyer qurilmalaridan öğirlangan. 

Mart oyi boşida sobiq razvedkaçining ismi Der Spiegel va The Insider naşrlarining Wirecard moliyaviy kompaniyasi sobiq direktori Yan Marsalek haqidagi suriştiruvida paydo böldi. U, OAV xabarlariga köra, köp yillar davomida Rossiya maxsus xizmatlari uçun işlagan. Jurnalistlar sözlariga köra, Ott Marsalekka Rossiya razvedka xizmatlari uçun josuslik bölimi yaratişda yordam bergan, şuningdek, rossiyalik siyosatçi Aleksey Navalniyning «FSB» xodimlari tomonidan zaharlanişi böyiça suriştiruvni çop etganidan söng jurnalist Xristo Grozevni kuzatişda yordam bergan.