Avstriyada yangi qonun kuçga kirganidan beri birinçi marta tezlikni oşirgani uçun avtomaşina musodara qilindi, deb xabar qildi 5 mart, seşanba kuni Vena ştati politsiyasi. 28 yoşli haydovçi 4 mart kuni soat 22:30 da Vena markazida soatiga 114 km tezlikda harakatlanayotganida qölga olindi. «U aholi punktlarida 60 km/soat tezlikdan oşib ketgani aniqlangani uçun transport vositasi vaqtinçalik olib qöyildi», — deyiladi politsiya xabarida.

1 martdan kuçga kirgan yangi qoidalarga köra, avtomaşinalarning musodara qilinişi aholi gavjum joylarda tezlik limitini 80 km/soatga, şahar taşqarisida esa 90 km/soatga oşirgan haydovçilarga tahdid soladi. «Yöl harakati töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartirişlardan biri tezlik çegarasi 60 km/soatdan oşib ketgan taqdirda avtomobilni vaqtinçalik olib qöyişga ham ruxsat beradi.

Avstriya tez haydaydigan haydovçilarga qarşi kuraşmoqda

2021 yilda Avstriyada yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarimalar sezilarli darajada oşirildi. Şunday qilib, tezlikni 30 km/soatga oşirgan haydovçilar kamida 150 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, jarima miqdori 5000 ming yevrogaça kötarilişi mumkin, deya ogohlantirdi Umumgerman avtomobil klubi (ADAC).

Avstriya qonunlariga köra, aholi punktlarida avtomobil boşqarişning ruxsat etilgan tezligi soatiga 50 km, undan taşqarida - 100 km/soat, avtobanda - 130 km/soat.