O‘zbekiston | 10:03 / 20.04.2021
3453
2 daqiqa o‘qiladi

Kitobdagi mehribonlik uyi rahbarlari ishdan bo‘shatildi

«Bolalar juda yomon sharoitda yashamoqda» — Bola huquqlari bo‘yicha vakil Kitobdagi mehribonlik uyi haqida» sarlavhali maqolaga Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi  munosabat bildirdi.

Unda yozilishicha, Mehribonlik uyi 1958 yilda tashkil etilgan bo‘lib, moslashtirilgan binolarda joylashgan, 125 o‘ringa mo‘ljallangan.

Unda 65 nafar (shundan qizlari 28 nafar) tarbiyalanuvchilar bo‘lib, ularning 15 nafari chin yetimlarni tashkil etadi.

Muassasada tibbiyot, stomatologiya, bemorlarni alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali ekanligi, bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun muassasada yetarli sharoitlar mavjud emasligi, mebellar eskirganligi, sog‘lom ovqatlantirishdagi kamchiliklari, ovqatlanish me'yorlariga amal qilinmaganligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.

Holat yuzasidan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan Mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan o‘z lavozimlaridan ozod etilgan.

P/S: Muassasaga oxirgi marta qachon mablag‘ ajratilgan? Rahbarlari lavozimidan ozod etilganiga ajratilgan mablag‘larni joyida ishlatilmagani va mebellar talon-toroji sababmikan? Yoki boshqa sabab ham bormi? Ushbu savollar munosabatda ochiqlanmagan.

Mavzuga oid