O‘zbekiston | 11:18 / 22.04.2021
8444
1 daqiqa o‘qiladi

«Royal Flight» O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida tuzilgan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan  Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga 2021 yil 21 aprelda O‘zbekistonga Moskva – Andijon - Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.  

Qayd etilishicha, ushbu aviakompaniya parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi.
  
Bundan oldin, Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.

Mavzuga oid