Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hukumati va Kuvayt davlati örtasida havo qatnovi töğrisidagi bitim asosida “Özaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 yil 12 aprel kuni Jazeera Airways aviakompaniyasiga Kuvayt – Toşkent –  Kuvayt yönalişida muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş uçun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi. 

Aviakompaniya parvozlarni A320-214 va A320-251N havo kemalarida amalga oşirişini ma'lum qilgani aytiladi.

Joriy yil yanvar oyi oxirlarida Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov Jazeera Airways aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ravindran Bxaratxan boşçiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar ötkazgandi.

Muzokaralar davomida Kuvaytdan Özbekiston şaharlariga töğridan töğri aviareyslarni yölga qöyiş, mamlakatga kuvaytlik sayyohlar oqimini oşiriş va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.

Ma'lumot uçun: Jazeera Airways Kuvaytning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bölib, Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyoning 40 ga yaqin mamlakatiga muntazam reyslarni amalga oşiradi.

Bundan oldin, Özbekiston va Qatar örtasida töğridan töğri aviaqatnov yölga qöyilişi kutilayotgani xabar berilgandi.