Viloyatlar kesimida maktablarning internetga ulanganlik ko‘rsatkichlari ma'lum qilindi
Kecha, 29 aprel kuni AOKAda umumta'lim maktablarining AKT bilan ta'minlanganlik holati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hududlar kesimida maktablarning tezkor internetga ulanganligi ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi.
«Masalan, Sirdaryo, Namangan va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahridagi 100 foiz maktablar tezkor internetga ulangan. Bu borada eng past ko‘rsatkichlar esa Jizzax va Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi – 72 va 76 foiz.
Bir-biriga eng olis bo‘lgan maktablar Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan. Bu o‘sha hududlarga internet kabellarini olib borishni qiyinlashtiradi. Bu yerga kabel olib borish samarali emas. Shuningdek, Navoiy va Xorazmda ham qiyin. Bu yerlarga infratuzilmani olib borish qiyin. Albatta, bu yerlarga ham kabelsiz bo‘lsa-da, internet olib borish harakatini qilyapmiz.
Maktabgacha infratuzilma keldi. Endi nima qilamiz? Chunki infratuzilma borgani bilan internet ishlab qolmaydi. Bu xuddi mahallaga transformator olib kelingani bilan uylarda svet yonib qolmasligiga o‘xshaydi. Uning ichki liniyalariga ham sim tortish kerak.
Biz «Uztelecom» bilan shartnoma tuzganmiz va bu yil hududlardagi maktablarga 100 foiz ichki lokal liniyalarni tortish ishlarini ham amalga oshiramiz», – Rustam Karimjonov so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:56 / 19.01.2024
«Airbnb effekti»: yo‘q bo‘layozgan shahar internet ilova sabab daromad manbaiga aylandi
00:23 / 11.01.2024
Internet bloklanishi tufayli eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar e’lon qilindi
12:31 / 17.11.2023
“Kiberhujumlarga internetni o‘chirish bilan javob berish – dangasaning ishi” – O‘zbekiston hakerlardan qanday himoyalanishi kerak?
22:07 / 15.11.2023