Bag‘dod Turkiya mudofaa vazirining Iroqqa tashrifi yuzasidan Anqaraga norozilik bildirdi
Iroq Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Bag‘dod bilan kelishilmagan holda Iroqqa kelgani sababli Turkiyaga norozilik bildirdi. Iroq hukumati Akar Iroq hududida noqonuniy qolayotgan turk harbiylari bilan uchrashganidan achchiqlangan.
Ta'kidlanishicha, Iroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nizor Xayrulla Turkiyaning Bag‘doddagi ishonchli vakilini vazirlikka chaqirtirib, unga norozilik notasini topshirgan. «Xayrulla Iroq hukumati Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Iroq suvereniteti, quruqlikdagi va havodagi hududlari daxlsizligi buzilishi davom etayotganiga qat'iyan qarshi ekanini ta'kidlab o‘tgan», deyilgan Iroq tomoni bayonotida.
Avvalroq Turkiya mudofaa vazirligi turk maxsus kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qarshi yirik amaliyotda ishtirok etayotganini ma'lum qilgan.
Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi bilan qurolli ixtilof 1984 yilda boshlangan va 2015 yildan yana davom etgan. Iroq shimolida KIPning bazalari mavjud bo‘lib, Turkiya qurolli kuchlari ularga qarshi amaliyotlar o‘tkazib keladi.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
08:10 / 01.10.2024
AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024