Iroqda 1 oktyabr, seşanba kuni ertalab Bağdod aeroporti yaqinida joylaşgan AQŞning Victory harbiy bazasi uçta raketa hujumiga uçradi. Bu haqda xavfsizlik doiralaridagi manbalarga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoşlaridan birining aytişiça, ikkita raketa bazaning mudofaa tizimi tomonidan urib tuşirilgan, uçinçisi esa terrorizmga qarşi kuraş qömondonligi ştab-kvartirasi yaqinida qulagan. Yana bir manba bu ma’lumotni tasdiqlab, hodisa natijasida heç kim jabrlanmagani va raketalar aviatsiya harakatiga ta’sir qilmaganiga aniqlik kiritdi.
AFP ta’kidlaganidek, 2023 yil 7 oktyabrda Hamas taşkiloti Isroilga hujum qilganidan söng boşlangan Yaqin Şarqdagi mojaroning keskinlaşuvining yangi bosqiçi fonida Iroqdagi AQŞ kuçlari tomonidan foydalaniladigan bazalarga hujumlar köpaydi.
Ayni paytda Iroqda 2500 ga yaqin amerikalik askar joylaşgan, yana 900 nafar amerikalik harbiy esa Suriyada xizmat qilmoqda.
AQŞ boşçiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
AQŞ boşçiligidagi IŞIDga qarşi kuraşayotgan xalqaro koalitsiya Iroqdagi missiyasini bir yildan keyin yakunlaydi. Vaşington va Boğdod bir neça oy davom etgan muzokaralardan keyin bu borada kelişuvga erişdi. Iroqdagi koalitsiya qöşinlarining missiyasi uzoği bilan 2025 yil sentabr oxirida yakunlanadi.
Amerikalik yuqori martabali vakilning sözlariga köra, tomonlar ikki bosqiçli ötiş rejasini kelişib olgan. Birinçi bosqiçda — 2025 yil sentabrga qadar «Iroqning ma’lum bazalaridagi» koalitsiya qöşinlari faoliyati töxtatiladi. Şu bilan birga, Suriyada IŞIDga qarşi kuraş davom etadi — ikkinçi bosqiçda koalitsiya qöşinlariga Suriyada maxsus operatsiyalarni ötkaziş uçun 2026 yil sentabrga qadar Iroq hududidan foydalanişga ruxsat beriladi.












