Fan-texnika | 16:00 / 04.05.2021
31782
7 daqiqa o‘qiladi

«Expert Pro» MChJ – IT-xizmatlari bozori yetakchilaridan biri

Zamonaviy hayotimizni kommunikatsiya vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Misol uchun, uydan chiqdingiz va mobil telefoningizni unutdingiz, demak bu siz necha vaqtga hayotdan «ortda» qoldingiz, degani. O‘tgan yildagi voqealar onlayn xizmatlar va tizimlar rivojlanishi uchun katta turtki berdi.  Bugungi reallik – bu «masofadan turib» deb nomlanuvchi ishlar, onlayn formatidagi anjumanlar, seminarlar, uchrashuvlar hamda oddiy muloqotlar o‘tkazishdir. Davlat idoralari va biznes vakillarini shubhasiz, bir savol havotirga solishi mumkin: mana shunday sharoitlarda o‘z tashkilotingizda qanday qilib ishni samarali, savodli, eng muhimi xavfsiz yo‘lga qo‘yish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish mumkin?

Buni axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasining professional va sifatli yordamisiz bajarish qiyin. Mahalliy va xorijiy kompaniyalarning ishonchli IT-hamkori – «Expert Pro» MChJ professional IT xizmatlari sohasida  yetakchi kompaniya sanaladi. Kompaniya IT-infratuzilmalarini loyihalashtirish, qurish, modernizatsiya qilish va optimallashtirish, uni 24/7 rejimida qo‘llab-quvvatlash, IT va axborot xavfsizligini o‘rganish, shuningdek, korporativ axborot tizimlarini joriy etish va sozlash xizmatlarini taklif etadi.

 «Expert Pro» MChJ mutaxassislari IT-audit va IT-konsalting o‘tkazishadi, texnik yordam ko‘rsatishadi, hujjatlarni ishlab chiqishadi, loyihani to‘liq shaklda boshqargan holda aniq vazifalar uchun biznes-jarayonlar hamda tizimni yaratib, optimallashtirishadi. Mazkur vazifalarni faqatgina IT-sanoatining barcha nozik jihatlarini yaxshi biluvchi professionallar jamoasigina bajara olishi mumkin.  «Expert Pro» MChJ o‘ziga IT-muhandislar, biznes-konsultantlar hamda tahlilchilar, fulstek-dasturchilar va boshqalarni jamlagan aynan mana shunday jamoa hisoblanadi.

Bugungi kunda IT-sanoatning jahon bozori jadallik bilan rivojlanib bormoqda va bunda so‘nggi innovatsiyalardan xabardor bo‘lish juda ham muhim.  Aynan shuning uchun, kompaniyada professional tayyorgarlik va yangi vakolatlarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Mutaxassislarning malaka va tajribalari har yili HPE MASE, Cisco CCIE, VMware VSP, Microsoft MCSE, Oracle ASP, NetApp SDA kabi xalqaro sertifikatlar bilan mustahkamlanib boriladi. Ko‘p qirrali jamoaning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi biznes uchun individual yondoshuv va eng yaxshi biznes yechimlarni taqdim etgan holda kompaniyaga har qanday murakkablikdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Buyurtmachilar bilan ishlash qanday kechadi? Hamkorlikning dastlabki bosqichda IT-kompaniya mutaxassislari boshlang‘ich IT-infratuzilmalar tahlilini o‘tkazib, buyurtmachiga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni aniqlashadi.  Keyin vazifalar belgilanadi va har bir mijoz uchun  individual yechimlar topiladi.

Masalan:

  • IT-infratuzilmalari hamda MQIM strukturalarini loyihalashtirish, yaratish va optimallashtirish – tashkilot ishini zamonaviy vositalar bilan ta'minlaydi;
  • IT va axborot xavfsizligini tekshirish – sizning muassasangiz IT holati haqida mustaqil ekspertlar bahosini olishingizga imkon beradi;
  • 24/7 rejimida texnik xizmat – IT-resurslarini ishlamay qolishdan saqlaydi va muammoni tezkorlik bilan muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi;
  • Mijozlar bilan munosbatlarni boshqarish tizimi  (CRM) – kommunikatsiya samaradorligini ko‘tarish va savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi;
  • IT-jarayonlarni boshqarish tizimi (Service Desk) – inson omilidan voz kechgan  holda hisoblarni real vaqt rejimida yuritish imkoniyatini taqdim etadi;
  • Biznes-jarayonlarni avto avtomatizatsii biznes-protsessov - obespechivayet operativnost i obosnovannost v prinyatii resheniy.

O‘z buyurtmachilariga sifatli professional IT-xizmatlar, shuningdek, eng yaxshi yechimlarni taqdim etgan holda Expert Pro o‘zini ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida namoyon eta oldi. Hozirgi kunda ham davlat, ham xususiy sektor tashkilotlari va muassasalari kompaniyaning hamkorlari sanaladi. Ular orasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi,  O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jizmoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi,  «Uzinfocom» DUK, O‘zbekiston Respublikasi IIV,  Toshkent shahar IIBB, Infinbank, Ravnaqbank, Aloqabank, MBPM, Klik, Nova Grup, Sharq Telekom, O‘zgashkliti, O‘zbekneftgaz va boshqalar.

2019 yilning dekabr oyida IT-kompaniya milliy va xalqaro standartlarga ko‘ra ISO 9001:2015 proshla sertifikatsiyasidan o‘tdi. To‘plangan tajriba hamda mijozlarga puxta tuzilgan xizmat ko‘rsatish tizimini qo‘llash ishlarni sifatli va o‘z muddatida bajarishga yordam beradi.

Bugungi kunga kelib «Expert Pro» MChJ jamoasi tomonidan 85dan ortiq maydonlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. IT-tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish sohasida kompaniya mijozlardan 6000ga yaqin murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ulardan 98 foizi xizmat darajasi talablari (SLA)ga muvofiq bajarildi. Konsalting ishlar orasida 23ta jarayon va 5 katalog xizmatlarni optimallashtirish va avtomatlashtirishga erishildi.

Kompaniya muvaffaqiyatining asosiy qismini har bir xodimning professionalligi va butun jamoaning birdamligi tashkil etadi. «Expert Pro» MChJ o‘zining ishdagi qadriyatlari – innovatsionlik, professionallik hamda mas'uliyatlilikka tayangan holda taqdim etayotgan xizmatlar portfelini kengaytirish hamda tajriba va bilimlarini yanada mukammallashtirishni maqsad qilgan.

Boleye detalnuyu informatsiyu ob uslugax it-kompanii Expert Pro IT-kompaniyasining xizmatlari haqida yanada batafsil ma'lumotlarni siz quyidagi saytda topishingiz mumkin:  

http://expertpro.uz/?utm_source=kun.uz&utm_medium=article&utm_campaign=pr

Biz bilan aloqaga chiqing:

Manzil: O‘zbekiston, Toshkent sh., M-5, A.Temur k., 46-A

Yagona ma'lumot markazi:+99878 147-0037

Email: info@expertpro.uztel:+998781470037

Sayt: www.expertpro.uz

Reklama huquqi asosida