Jahon | 16:37 / 14.06.2021
4148
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati Apple va Google kompaniyalariga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Ma'lumot berilishicha, Yaponiyadagi o‘nta smartfonning to‘qqiztasi Apple iOS yoki Google Android tizimida ishlaydi va mamlakatda ushbu kompaniyalar operatsion tizimlarining dasturiy ta'minoti ulushi 90 foizga yetgan.

Yaponiya hukumati Apple va Google kompaniyalari faoliyatiga nisbatan antimonopol tekshiruv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AppleInsider xabar berdi.

Qayd etilishicha, Apple va Google kompaniyalarining smartfon va boshqa mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar bozoridagi monopol mavqeyi hukumatni tashvishga solgan.

Ma'lumot berilishicha, Yaponiyadagi o‘nta smartfonning to‘qqiztasi Apple iOS yoki Google Android tizimida ishlaydi va mamlakatda ushbu kompaniyalar operatsion tizimlarining dasturiy ta'minoti ulushi 90 foizga yetgan.

Tekshiruv maxsus hukumat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Agar komissiya Apple va Google raqobatga qarshi siyosat olib borayotgani to‘g‘risida xulosa beradigan bo‘lsa, Yaponiya hukumati monopoliyaga qarshi mahalliy qonunchilikni yanada kuchaytirishi mumkin.

Avvalroq Yevroittifoqda shunga o‘xshash tekshiruv o‘tkazilgandi. Jumladan, Google kompaniyasiga Fransiyada 220 million yevro, Italiyada 102 mln yevro jarima solingandi.

Mavzuga oid