Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini sababli mamlakat bo‘ylab harakatlanish jiddiy cheklandi
Xitoy hukumati koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun fuqarolarning mamlakat bo‘ylab harakatlanishini jiddiy chekladi.
Hukumat fuqarolarni koronavirus yuqtirish xavfi o‘rta va yuqori bo‘lgan hududlarga tashrif buyurmaslikka yoki o‘zlari yashaydigan hududni zaruratsiz tark etmaslikka chaqirdi.
3 avgustda mamlakatda 71ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Bu mamlakat uchun joriy yil yanvaridan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Xitoyda oxirgi haftada 25ta shaharda, jumladan poytaxt Pekin va Uhanda 500dan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan.
Hukumat, shuningdek, Nankin va Yanchjou shaharlari bilan aviaaloqani to‘xtatgan. Bu shaharlardan va ularga barcha reyslar bekor qilingan. Bundan tashqari, Nankinda uzoq masofalarga qatnovchi, Yanchjouda esa shahar ichidagi avtobuslar harakati to‘xtatilgan.
Shuningdek, Pekin ma'muriyati Nankin, Yanchjou, Chjenchjou va Chjanszyatsze bilan temir yo‘l aloqasini to‘xtatgan. Mamlakat bo‘ylab 23ta temir yo‘l vokzalida Pekinga chiptalar sotilishi to‘xtatilgan.
Ayni vaqtda Xitoyda “delta” shtammini yuqtirish holatlari ko‘paygan.
Mavzuga oid
12:04 / 16.10.2024
Xitoy dunyodagi birinchi 6 tonnali uchuvchisiz samolyotni namoyish qildi
11:10 / 15.10.2024
Xitoy Tayvan yaqinida yirik mashg‘ulot boshladi: qo‘shinlar orol blokadasini mashq qilmoqda
23:37 / 13.10.2024
Tayvan Xitoy aviatashuvchisi sabab o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi
20:44 / 11.10.2024