Xitoyning United Aircraft Group aviatsion texnika işlab çiqaruvçi kompaniyasi dunyodagi eng katta uçuvçisiz konvertoplan-samolyotni namoyiş etdi.

Lanying R6000 nomli modelning oğirligi 6 tonna, u 2 tonnagaça yuk taşiy oladi. Uşbu konvertoplan dunyodagi eng ilğor aviatsiya sinfidagi uçuvçisiz uçar apparat hisoblanadi. Samolyot ham uçuvçisiz, ham boşqariladigan operatsiyalarni qöllab-quvvatlaydi va xalqaro uzoq parvozlarni amalga oşira oladi.

Xitoyning Lanying R6000 samolyoti haqida nimalar ma’lum?

  • Siğimi: 10 nafargaça yölovçi;
  • Uçiş masofasi: 4000 kilometrgaça;
  • Maksimal tezligi: 550 km/soat;
  • Parvoz balandligi: 7620 metr.

Birinçi sinov parvozi 2024 yilning yozida amalga oşirilgan. U taxminan 20 daqiqa davom etgan, sinov davomida apparatning barça tizimlari yaxşi işlagan. Havo kemasi qanotlarining kengligi 16,1 metr, balandligi esa 4,6 metrni taşkil etadi. Yuk bölinmasining hajmi 12 metr kubga yetadi. Bugungi kunda u Xitoyda işlab çiqarilgan eng yirik uçuvçisiz transport layneri hisoblanadi.

Uşbu dron samolyot vertikal kötarilib, qönişi, xuddi vertolyotga öxşab havoda muallaq turişi mumkin. United Aircraft Group kompaniyasiga köra, bu samolyotni transport, logistika, harbiy va boşqa sohalarda qöllaş mumkin böladi. Bundan taşqari, Lanying R6000 mudofaa va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini bajariş uçun mos keladi.

Kompaniya vakillarining aytişiça, Lanying R6000 ustida 10 yildan ortiq işlangan. Uçoqning barça afzalliklariga qaramay, uni işlab çiqariş ança murakkab iş.

Uçuvçisiz apparatni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyiş maqsadida korporatsiya 200 dan ortiq korxonani birlaştirdi. Ular jarayonning butun zanjirini qamrab oladi: tadqiqot va işlanmalar, texnik xizmat körsatiş, foydalaniş, kadrlarni tayyorlaş, logistika va boşqa yönalişlar.

Lanying R6000 işlab çiqarilişi Hefei şahar okrugida joylaşgan Uhu aviatsiya sanoat parkida yölga qöyilişi rejalaştirilgan, muddati hozirça e’lon qilinmagan.