15:51 / 10.08.2021
6567

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi yangi loyihalar ro‘yxati e'lon qilindi

Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yangi ishga tushiriladigan loyihalar ro‘yxatini taqdim etdi. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, ro‘yxatda yettita loyiha mavjud. Jami quvvat - 2 797 MVt.

Loyihalar ro‘yxati:

  • Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi. Ishga tushish sanasi: 2021 yil sentabr;
  • Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi. Ishga tushish sanasi: 2021 yil dekabr;
  • Navoiy viloyati Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish. Ishga tushish sanasi: 2024 yil 3-chorak;
  • Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2ta shamol elektr stansiyasi qurilishi. Ishga tushish sanasi: 2023 yil 4-chorak;
  • Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi. Ishga tushish sanasi: 2023 yil 2-chorak;
  • Surxondaryo viloyatida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi. Ishga tushish sanasi: 2023 yil 2-chorak;
  • Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan 2ta quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi. Ishga tushish sanasi: 2022 yil 4-chorak.
Top