Özbekiston mahsulot taqsimoti böyiça tuzilgan barça şartnomalarni xatlovdan ötkazadi. Bu bozor islohotlarini jadallaştiriş va milliy qonunçilikni Jahon savdo taşkiloti (JST) kelişuvlariga muvofiqlaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmonda nazarda tutilgan.

Energetika vazirligiga Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 avgustga qadar Özbekiston tomonidan imzolangan barça mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni töliq xatlovdan ötkazişni yakunlaş topşirildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, «Özbekneftgaz» va «Özavtosanoat» bilan birgalikda uşbu sanaga qadar hukumat tomonidan imzolangan barça investitsiya bitimlarini xatlovdan ötkazişi kerak.

Şundan söng uning natijalari böyiça prezident administratsiyasiga aniq takliflar kiritiş zarur.

Bu milliy qonunçilikni JSTning Savdo bilan boğliq investitsiya çoralari töğrisidagi bitimiga (TRIMs), şu jumladan, mahalliylaştiriş yoki eksport qiliş böyiça majburiyatlarni qöllamaslik talablariga moslaştiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.