10:49 / 30.08.2021
26631

Shavkat Mirziyoyev: «San'atkorlarga qahramonlik bersak bo‘larmikin, o‘ylab ko‘ring» deyishgandi. O‘ylab ko‘rdim va aytaman – berish kerak»

Ayni paytda poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

“Mukofotlanganlar orasida akademigimiz Shavkat Ayupov borligidan juda xursandman. Bu inson Sirojiddinov maktabini qayta tikladi, tinmay ishlayapti. Bilasizlarmi, hatto kimyoni o‘rganish uchun ham matematikani bilish kerak. 

Adabiyotshunos Ibrohim aka G‘ofurovda o‘zbek timsolini ko‘raman. Butun umrini adabiyotimizga bag‘ishlagan inson bu kishi. Men “Boburnoma”ni ko‘p o‘qiyman va o‘ylayman – qanday qilib Boburday inson bo‘lish mumkin? Tinim bilmagan Bobur. Ibrohim aka ham xalq xizmatida tinim bilmagan inson.

Munojotxon timsolida esa o‘zbek ayolining pokligi namoyon. Axir har birimiz o‘z onamiz, opamizni ko‘rmaymizmi? Menga “san'atkorlarga qahramonlik bersak bo‘larmikin, o‘ylab ko‘ring” deyishgandi. O‘ylab ko‘rdim va aytaman – berish kerak. Men Munojot Yo‘lchiyevani ham yuksak mukofot bilan tabriklayman”, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirda.

Top