«O’zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «Menimça» teleloyihasida Toşkent jamoat transportidagi muammolarni hal qiliş uçun tramvaylar faoliyatini tiklaş taklif qilindi.

Loyiha muallifi Xayrulla Nuriddinov Toşkent şahridagi jamoat transporti muammolari haqida gapirar ekan tramvay faoliyatini tiklaş taklifini berdi.

«Transport faoliyatini takomillaştiriş maqsadida Toşkentga tramvaylarni qaytariş kerak, menimça. Katta va gavjum şaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku öşa qulay, bejirim, bir tekis yuradigan, eng muhimi ekologiyaga umuman zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylar. Bu mening fikrim, albatta. Agar Toşkent mutasaddilarining örnida bölganimda, ana şu taşabbus bilan çiqardim», dedi Xayrulla Nuriddinov.

Ma’lumot uçun, Toşkent şahrida tramvay faoliyati 115 yillik tarixidan keyin 2016 yil may oyida yakunlangandi. Öşa yili 2 may kuni «Beşqayrağoç» – Ippodrom bozori yönalişidagi 17-tramvay oxirgi reysini amalga oşirgan.

Köp ötmay tramvaylar Samarqand şahrida harakatlana boşladi. Çexiyadan olib kelingan zamonaviy Vario LF tramvaylari poytaxtda 4 yil harakatlangaç, Samarqandga olib ketildi. 2017 yil aprel oyidan buyon Samarqandda Sartepa – Temiryöl vokzali va Siyob bozori – Temiryöl vokzali yönalişida tramvaylar harakatlanmoqda. Bungaça Samarqandda 1947-1973 yillarda oraliğida ham tramvay harakatlangan.