16:00 / 21.09.2021
26054
Reklama

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatning xalqaro huquq yo‘nalishida qo‘shma ta'lim dasturlariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) - O‘zbekistonda yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha asosiy oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa. TDYuU 30 yildan ortiq vaqt davomida yuridik ta'lim sohasida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda va uning flagmani bo‘lib hisoblanadi.

Xalqaro e'tirof ortib borayotgani sababli TDYuU 2020 yildan boshlab xorijiy hamkorlar bilan ikki diplomli bakalavr dasturlarini amalga oshirmoqda.

Qo‘shma ta'lim (ikki diplomli) dasturlari nima?

Qo‘shma ta'lim (ikki diplomli) dasturi – bu:

  • bir vaqtning o‘zida TDYuU va xorijiy OTMda dunyo darajasidagi bilim olish imkonini beruvchi ta'lim olish dasturi;
  • bitiruvchilar uchun O‘zbekistonda va xorijda yurist bo‘lib ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom

TDYuU qo‘shma ta'lim (ikki diplomli) dasturlarini Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 iyundagi 421-son qarori asosida amalga oshiradi. Ikki diplomli dasturlarini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan.

TDYuU qaysi xorijiy OTMlar bilan ikki diplomli dasturlarni amalga oshiradi?

TDYuU chet ellik sheriklarni tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondashadi va MDHning uchta yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan ikki bosqichli dasturlarni amalga oshiradi.

1. M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYu universiteti (Qozog‘iston, Nur-Sulton sh.);

Universitet FIIBA xalqaro agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bu TDYuU bilan ham ikki diplomli dasturni qamrab oladi. Qolaversa, bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha KazGYu o‘z mamlakatida birinchi o‘rinda turadi. Ish beruvchilarning ishonchi — Qozog‘istondagi 80 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari yuristlar tayyorlagan paytda, yuqori raqobat sharoitida ta'lim sifatining eng yaxshi ko‘rsatkichidir.

2. Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.);

QS EECA Ranking reytingiga ko‘ra, universitet Evropa va Markaziy Osiyoning TOP-200 universitetlari ro‘yxatiga kiritilgan.

N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya, Nijniy Novgorod sh.).

Universitet QS World University Rankings reytingiga ko‘ra dunyodagi TOP-1000 universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan.

TDYuUning ikki diplomli dasturlari bo‘yicha qanday qabul kvotalari o‘rnatilgan

2021/2022 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro huquq sohasida 3 ta qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qiladi. (ta'lim tili – rus):

Izoh: Bakalavriatning qisqartirilgan dasturiga faqat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumining 2020/2021 o‘quv yili bitiruvchilari qabul qilinadi.

Hujjatlar faqat onlayn tarzda qabul2021.tsul.uz platformasi orqali 2021 yil 1 oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlarni topshirishdan oldin albatta yo‘riqnoma bilan tanishing.

TDYuUning ikki diplomli dasturlariga kirish imtihonlari qanday o‘tkaziladi?

Kirish imtihonlari 2-bosqichda o‘tkaziladi.

1-bosqichda:

  • KAZGYu va GrDU dasturlari bo‘yicha – mustaqil, tanqidiy fikrlash va ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun suhbat o‘tkaziladi;
  • NNDU dasturi bo‘yicha – “Rossiya tarixi” va “Jamiyatshunoslik” fanlaridan test o‘tkaziladi.

2-bosqichda barcha dasturlar bo‘yicha DTM tomonidan rus tili bo‘yicha test o‘tkaziladi.

Dasturdan qat'i nazar:

  • 1-bosqich imtihonlarida maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar 2-bosqichga qo‘yiladi;
  • 2-bosqich testida maksimal ballning kamida 40%ini olgan abituriyentlar dasturga kirish uchun tanlovda qatnashadilar va kirish parametrlari asosida o‘qishga qabul qilinadilar.
  • rus tilini kamida B1 darajasida bilish haqida milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar 2-bosqich testidan ozod qilinib, ularga ushbu bosqich uchun maksimal ball beriladi.

Imtihonlar o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo‘shimcha e'lon beriladi.

TDYuUning qabul komissiyasi bilan qanday bog‘lanish mumkin?

TDYuUning ikki bosqichli dasturlari haqidagi barcha kerakli ma'lumotlarni tezkor olish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi maxsus kanallarga a'zo bo‘ling:

Telegram – @DDprograms;

Facebook –fb.com/ddprograms;

Instagram – instagram.com/ddprograms.

Shuningdek, ma'lumotlarni TDYuUning rasmiy veb-sayti (www.tsul.uz) hamda Telegram, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida (@tsulofficial) olishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: +99871 233-66-36, +998 93 043-04-31.

Reklama huquqi asosida

Top