Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat yuridik universiteti litseyi bitiruvchilari universitetga imtihonsiz qabul qilinadi
Litsey bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt asosida, kvotadan tashqari universitet belgilaydigan o‘rinlar ajratiladi.
Qonunchilikka ko‘ra, TDYuU qoshidagi litsey bitiruvchilari universitetga imtihonsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Bu haqda «Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilangan.
Qayd qilinishicha, litsey bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt asosida, kvotadan tashqari universitet belgilaydigan o‘rinlar ajratiladi. Buning uchun talabgorlar suhbatdan o‘tib, tavsiyanomaga ega bo‘lishi kerak.
Suhbatga talabgor bitiruvchilar uchun maxsus komissiya tuziladi. Bitiruvchilar tavsiyanoma olish uchun har yili 20 iyungacha ariza bilan murojaat qilishi kerak. Buning uchun abituriyent kamida 4 bahoga o‘qishi, B2 darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lishi, litsey hayotida faol bo‘lishi kerak.
Komissiya talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqib, suhbat belgilaydi. Suhbat natijasiga qarab tavsiyanoma berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar bilan yana bir marta Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan komissiya yakka tartibda suhbat o‘tkazadi. Abituriyentlar suhbatda to‘plagan ball asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Mavzuga oid
09:26 / 28.11.2025
TDYuUda 3 yillik maxsus dastur va huquq fanidan sertifikat joriy etiladi
18:20 / 27.11.2025
Yuridik universitetda klinik va dual ta’lim tizimi joriy etiladi
10:48 / 19.06.2025
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
19:23 / 23.12.2024