15:25 / 16.11.2021
8574

MTO GKK: ishbilarmonlar forumida Buxoroda bunyod etilajak qiymati 2,5 mlrd AQSh dollariga teng gaz-kimyo majmuasi taqdimoti bo‘ldi

MTO texnologiyasi bazasida ishlovchi Gaz-kimyo majmuasi loyihasi 2,5 mingta ishchi o‘rini yaratilishini va 2 mlrd dollar miqdoridagi soliq tushumlarini nazarda tutadi. Shuningdek GKK uchun erkin iqtisodiy zonani tashkil etish g‘oyasi ham ilgari surilmoqda.

Foto: Enter Engineering

15 noyabr, 2021 y. – Humo Arena maydonida bo‘lib o‘tgan  «MTO gaz-kimyo kompleksi: Yangi O‘zbekiston texnologiyalari» forumida biznes sohasi va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov va SEG Bosh direktori o‘rinbosari, MTO Gaz-kimyo kompleksi loyihasi direktori Masrur Shakirov davlat idoralari, neft-gaz tarmog‘i xodimlari, yetkazib beruvchilar hamda bo‘lajak hamkorlardan iborat bo‘lgan forum ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar. 

Foto: Enter Engineering

O‘zbekistonning Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida bunyod etilajak MTO texnologiyasi asosida ishlovchi Gaz-kimyo kompleksi («metanolni olefinga aylantirish») qurilishi va ekspluatatsiya qilinishi xususida forum ishtirokchilariga batafsil ma'lumot berildi. Yig‘ilganlar oldida, shuningdek, majmuaning bosh loyihalovchisi – Wood (Italiya) kompaniyasi vakili ham nutq so‘zladi.

Qiymati 2,8 milliard dollarga teng ushbu loyiha 2023 yilning to‘rtinchi choragida ekspluatatsiyaga topshiriladi va u O‘zbekiston sanoatini olefin uglevodorodlari bilan ta'minlash imkonini beradi. Ma'lumki, olefin uglevodorodlari mamlakat uchun strategik muhim xomashyo hisoblanadi. Gaz-kimyo majmuasi mahalliy xomashyoni metanolni olefinlarga aylantirishning litsenziyalangan hamda MHD hududida muqobili mavjud bo‘lmagan texnologik jarayoni asosida qayta ishlash uchun mos ravishda loyihalashtirilgan. Majmua ishga tushirilgach, O‘zbekistonda import o‘rnini mahalliy xomashyo bilan bosish jarayoni jadallashadi, iqtisodiyot diversifikatsiyasi ta'minlanadi, shuningdek u iqtisodiyotning turli mahalliy tarmoqlari taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Foto: Enter Engineering

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun Qorako‘l tumanida Erkin iqtisodiy zona tashkil etilib, mahalliy va xorijlik ishlab chiqaruvchilarni yanada ko‘proq jalb etish maqsadida moliyaviy soliqqa tortish va industrial sohalarda qator imtiyozlar belgilanadi. EIZ hududida inglizcha huquqiy rejim joriy etiladi, shuningdek biznesni xorijiy valutada yuritishga ruxsat etiladi. Barcha korxonalar uchun tabiiy resurslarni, jumladan elektr energiyasini qisman qayta tiklanuvchan manbaalardan yetkazib berish kafolatlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi zavod, shuningdek, EIZ hududidagi qo‘shma korxonalar 2300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta'minlaydi hamda kelgusi 20 yil davomida 2 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha soliq tushumlarini keltiradi.

SEG Bosh direktori o‘rinbosari, MTO Gaz-kimyo kompleksi loyihasi direktori Masrur Shakirov quyidagilarni ta'kidladi:

 «Gaz-kimyo majmuasi loyihasi – Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasiga yaqqol misoldir. Uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash, zamonaviy talablarga javob beradigan kamyob gaz-kimyo mahsulotini ishlab chiqarish – bu mamlakat aholisini va iqtisodiy tarmoqlarini strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xomashyo bilan ta'minlash imkonini beradi. Bu imkoniyat nafaqat mamlakatimizda yangi bizneslarni rivojlantirish uchun asos bo‘ladi, balki iqtisodiyotning yuqori sur'atlarda o‘sishini ta'minlaydi va milliy iqtisodiyotimizning raqobatdoshliligini oshiradi. Ushbu loyiha MDHda yagona hisoblanadi va bugungi kunda MDH davlatlarida uning muqobili mavjud emas». 

Foto: Enter Engineering

Andrea Ferrera, Wood (Italiya) texnik direktorining so‘zi:

«MTO tashabbusi «maqsadga to‘liq mos keluvchi» loyihaning ajoyib misoli bo‘lib, unda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini mahalliy resurslar hisobiga qondirish ko‘z tutilgan.  Wood kompaniyasi mazkur tashabbusning bir qismi ekani, mamlakat taraqqiyotiga ko‘maklashayotgani, shuningdek mijozining o‘z loyihasini samarali hamda ekologik xavfsiz muhandislik yechimlarini qo‘llagan holda zamonaviy, ekologik xavfsiz texnologiyalarni foydalangan holda amalga oshirishida qo‘llab-quvvatlayotgani bilan faxrlanadi».

Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri potensial xaridorlarni majmua mahsuloti bilan tanishtirish edi. Forum doirasida qator kompaniyalar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xalqaro ofteykerlar bilan o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi, jumladan:

  • KTM SA (Turkiya), logistika va polimerlar hamda neft-kimyo mahsulotlari savdosi borasida katta tajribaga ega bo‘lgan hududdagi eng yirik kompaniyalardan biri;
  • SAG, MDH hududida eng yetakchi va dunyodagi eng yetakchi beshta ishlab chiqaruvchi biri bo‘lgan gilam ishlab chiqaruvchi;
  • International Beverages Tashkent, PepsiCo'ning O‘zbekistondagi rasmiy bottleri;
  • Urgaz, MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlarida to‘qimachilik ishlab chiqarishida yetakchilaridan biri;
  • ETS U-STAN – Shvetsiya-Rossiya qo‘shma korxonasi, Markaziy Osiyoda 4500 ta mijozga ega bo‘lgan hududdagi eng yirik savdo kompaniyalaridan biri.

Air Producs and Chemicals, Inc. (AQSh) kompaniyasining Yevropa, Afrika, Rossiya va MDHdagi yirik loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Xuan Migel Gonsales o‘z nutqida quyidagilarni ta'kidladi:

«Biz kompaniya sifatida butun dunyo bo‘ylab asosiy hamkorlarimiz bilan uzoq muddatli va barqaror hamkorlikka erishish masalasiga hamisha e'tibor qaratib kelamiz. Kompaniyamizning O‘zbekistondagi va butun Markaziy Osiyodagi kelajagi bizni ilhomlantirmoqda. Bugun biz ushbu forumda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz, chunki sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarimiz, bilim, tajriba va ekspertizalarimizdan foydalanish orqali gazni monetizatsiya qilish uchun investitsion imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz».

Yangi kompleksning ishlab chiqarish quvvati 720 000 tonnagacha tayyor polimer mahsulotidan iborat bo‘lib, bu ichki bozorning barcha ehtiyojlarini qondiradi. Zavodda etilen va propilenning asosiy tarkibiy qismlaridan turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi, ular hozirda chetdan import qilinayotgan turli xomashyo o‘rnini bosadi va O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shadi.

Foto: Enter Engineering
Foto: Enter Engineering

Zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotning 70 foizidan ortig‘i ichki bozorda sotiladi, bu esa O‘zbekiston sanoatining ichki talabini qondirish, shuningdek MDH davlatlari, Xitoy, Turkiya va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga turli xomashyoni eksport qilish imkonini beradi.

Chemtex Global Corporation (AQSh) kompaniyasi texnologiyasi asosida zavod polietilentereftalat (PET) ishlab chiqaradi. PET – bu bugungi kunda O‘zbekistonda to‘liq import qilinadigan juda talabgir polimer. Ushbu mahsulotdan to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatlarida keng foydalaniladi. PET olish uchun foydalaniladigan monoetilenglikol Scientific Design Company Inc. kompaniyasi (AQSh) texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqariladi. Ushbu polimer gidravlik suyuqliklarni / eritgichlarni, shuningdek antifrizlarni ishlab chiqarishga bo‘lgan talabni qondiradi.

Eni S.p.A. kompaniyasining (Italiya) shu'ba kompaniyasi bo‘lgan Versalis S.p.A. bilan hamkorlikda past zichlikdagi poliyetilen ultra yuqori bosimli quvurli reaktorda ishlab chiqariladi. Past zichlikdagi poliyetilen qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va parafarmatsevtika sohalarining ko‘plab tarmoqlarida hayotiy muhim material hisoblanadi.

Quvurli reaktorning ikkinchi mahsuloti, etilenvinilatsetat, O‘zbekiston va MDH bozori uchun noyob hisoblanadi. Etilenvinilatsetat turli jabhalarda qo‘llaniladi va yuqori darajada talabgir (ayniqsa, quyosh panellarini ishlab chiqarishda) mahsulot hisoblanadi.

Polipropilen ishlab chiqarish bu borada dunyoda yetakchi bo‘lgan W. R. Grace & Co. kompaniyasi (AQSh) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Polipropilen – bu to‘qimachilik, parafarmatsevtika, elektrotexnika va avtomobil sanoatida qo‘llaniladigan muhim xomashyodir.

Gaz-kimyo kompleksi loyihasi doirasida Samarqand shahrida yangi ta'lim muassasasi – soha uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Xalqaro texnika universitetini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Loyihada atrof-muhitga nojo‘ya ta'sirni minimallashtirish nazarda tutilgan. Barcha xalqaro ekologik standartlarga rioya qilish butun dunyoda e'tirof etilgan Mott MacDonald Group Limited (Buyuk Britaniya) tashkilotining ekolog maslahatchilari tomonidan nazorat qilinib, tasdiqlanadi.

MTO gaz-kimyo kompleks matbuot xizmati

Top