O‘zbekiston | 19:16 / 12.11.2021
10581
3 daqiqa o‘qiladi

Enter Engineering: kompaniya Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etdi

Foto: Enter Engineering

Qarshi shahrida har yilgi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Keng ko‘lamli tadbirda neft va gaz, kimyo, elektroenergetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek charm va poyabzal sanoatiga oid 152 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari, xorijiy kompaniyalar va mehmonlar, shuningdek, yirik mahalliy sanoat korxonalari o‘z mahsuloti va xizmatlarini stendlar orqali namoyish etdilar. Ular safida Enter Engineering ham bor.

Foto: Enter Engineering
Foto: Enter Engineering

Ochilish marosimida qatnashchilarning vakillari va mas'ullar shaxslar so‘zga chiqdilar. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev, o‘z so‘zida jumladan, shunday ta'kidladi:

– Bu yilgi yarmarkada, o‘tgan yillardan farqli o‘laroq, butun respublikadan tadbirkorlar va sanoat korxonalari vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rgazma Qashqadaryo uchun ham muhim ahamiyatga ega, u viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi. Yarmarkada barcha ishtirokchilar uchun ularning darajasi va ishlab chiqarish quvvatidan, qat'i nazar, teng sharoitlar yaratib berildi.

Foto: Enter Engineering
Foto: Enter Engineering

Ko‘rgazmaga nafaqat mahalliy, balki xorijlik ishlab chiqaruvchilar ham taklif etildi. Ko‘rgazma unda ishtirok etayotgan barcha korxonalar va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyati uchun foydali bo‘lishi aniq.

Foto: Enter Engineering

Ushbu ko‘rgazma tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalarga barqaror kelishuvlarga erishish, eng muhimi, bozor ehtiyojini o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunday miqyosdagi tadbirlari nafaqat alohida tarmoqlar, balki butun respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Foto: Enter Engineering

Ertaga, yarmarkaning ikkinchi kuni tartibidan seminarlar va turli soha assotsiatsiyalari tomonidan taqdimotlar joy olgan. Shuningdek, tarmoq korxonalari va regional ishlabchiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolanishi kutilmoqda.

Enter Engineering kompaniyasi PR-departamentiⓉ

Mavzuga oid