O‘zbekiston | 10:49 / 17.11.2021
16930
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya qo‘mondoniga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Inomjon Ibrohimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiya tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berishicha, polkovnik Inomjon Ibrohimov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Qayd etilishicha, tayinlovga qadar polkovnik Inomjon Ibrohimov Milliy gvardiya maxsus brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma'lumot uchun, general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni hisoblanadi. Shu kunga qadar uning ikki nafar o‘rinbosari bo‘lgan. Ma'murjon G‘aniyev va Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Mavzuga oid