Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib harakatlangan viloyat hokimligi mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda, davlat raqami 70 005 DAV bo‘lgan Trailblazer rusumli mashinaning Shahrisabz shahridagi chorrahalardan birida yo‘l-harakati qoidalarining bir nechta bandlarini buzgan holda harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.
IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qoidalarni buzgan haydovchiga chora ko‘rilgan, mashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda viloyat hokimligiga tegishli mashina yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasida ko‘rsatilgan 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosgan holda, svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida, ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o‘tgan holda harakatlanganligi aks etganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, video yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda, mazkur Trailblazer mashinasi yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi E.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126- , 128-, 1284-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, mashina 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, davlat raqami 70 005 DAV bo‘lgan Trailblazer rusumli mashinadan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov foydalanadi.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024