09:07 / 27.01.2022
59382

O‘zbekistonning qator viloyatlarida gaz zapravkalar faoliyatiga yana ruxsat berildi. Istisno - to‘rtta hudud

Bugun, 27 yanvar kuni ertalab soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat hududlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari ishlay boshlaydi.

Foto: Kun.uz

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, ayni damda Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bundan mustasno bo‘lib, ushbu hududlarda gaz ta’minotining ish rejimini tiklash ishlari olib borilmoqda.

“Ertaga ertalabdan boshlab respublikamizdagi barcha gaz to‘ldirish shoxobchalari ish faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Avvalroq, O‘zbekistonda gaz zapravkalar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgandi.

Shu bilan birgalikda, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi aytilgandi.

Top