Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida yuridik şaxslar uçun elektr energiyasi va gaz iste’moliga oşuvçi koeffitsiyentlar joriy etiş rejalari haqida gapirdi.
Uning aytişiça, 2024−2025 yillar kuz-qiş mavsumi uçun viloyatlar, şaharlar, tumanlar va mahallalar kesimida elektr energiyasi va tabiiy gazni tejaş böyiça maqsadli körsatkiçlar işlab çiqilgan. Uşbu maqsadlar işlab çiqarişga xalal bermasdan, iste’molni samarali taşkil etiş orqali resurslarning ma’lum qismini tejaşni ta’minlaydi.
Taşkilot rahbarlari uçun energosamaradorlik böyiça asosiy samaradorlik körsatkiçlar (KPI) joriy etiladi.
«Qöşimça ravişda me’yorlar belgilanadi, ya’ni gaz yoki elektr energiyasi iste’moli belgilangan limitning 10 foizidan oşsa, ortiqça hajmga 2 baravarigaça bölgan tarif qöllanadi. Bu — bugungi kunda import borligi hisobiga yanada qimmatlaşib borayotgan energiya resurslarini tejaş», — dedi u.
Tartib yuridik şaxslar uçun joriy etiladi.
Avvalroq energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov tariflar oşirilganidan söng may oyida Özbekistonda 2023 yilning şu davriga nisbatan elektr iste’moli 324 mln kVt/soatga, gazniki esa 125 mln kub metrga kamayganini aytgandi.








