Qayd etilişiça, bugun soat 09:30 holatiga köra, respublikada elektr energiyasi ta’minoti 70 foizga tiklangan. Bunda, birinçi navbatda aholi iste’molçilari va ijtimoiy soha obektlari elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
“Şuni ham aytib ötişimiz kerakki, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib oliş konlari va uni qayta işlaş zavodlarida texnologik jarayonlarning buziliş holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, öz navbatida gaz işlab çiqariş hajmining kamayişiga olib kelmoqda.
Şu sababli, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayişi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini işlab çiqariş hajmiga salbiy ta’sir körsatmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Bildirilişiça, iste’molçilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaş maqsadida, işlab çiqarilayotgan tabiiy gaz töliq hajmda issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha obektlari va aholi iste’molçilariga yönaltiriladi.
Şu munosabat bilan, bugundan boşlab avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiladi. Şu bilan birgalikda, boşqa ijtimoiy ahamiyatga ega bölmagan yuridik iste’molçilarga ham tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
“Uşbu amalga oşirilayotgan çora-tadbirlardan asosiy maqsad – birinçi navbatda aholi xonadonlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlaş hisoblanadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.














