Tojikiston sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi bo‘yicha MDHda birinchi o‘ringa chiqdi
Mamlakat sanoat ishlab chiqarishi 3,4 milliard dollardan oshdi.
2021 yil oxirida Tojikiston sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda chorshanba kuni jurnalistlarga mamlakat sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir ma’lum qildi.
«2021 yil yakunlariga ko‘ra, Tojikiston sanoat o‘sishi bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinni egalladi – sanoat ishlab chiqarish hajmi 38,8 milliard somoniyni (3,4 milliard dollardan ortiq) tashkil etdi, bu 2020 yildagi ko‘rsatkichdan 23 foizga ko‘p», — dedi vazir.
Unga ko‘ra, respublikada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari umumiy hajmining 32 foizi tog‘-kon sanoatiga, 20 foizi elektr energiyasiga, 19 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.
«Koronavirus pandemiyasiga qaramay, 2021 yilda Tojikistonda 300 dan ortiq yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi, ularda 5 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi», dedi Kabir.
Uning aniqlik kiritishicha, yengil sanoatda 90 ta, oziq-ovqat sanoatida 82 ta korxona, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 76 ta korxona va sex, mashinasozlik sohasida 42 ta va ko‘mir sanoatida 4 ta shirkat tashkil etilgan.
Sherali Kabirning ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakatda 2386 ta korxona ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
21:14 / 28.08.2024
Prezident har bir viloyatning sanoatga ixtisoslashgan tumanlari bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini berdi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
13:32 / 04.07.2024
Tojikistondagi YTHda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
10:41 / 29.06.2024