Tojikistonda insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Unda uç nafar Özbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qömitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH 2 iyul kuni soat mahalliy vaqt bilan 13:00da “Duşanbe-Varzob-Xöjand” avtomobil yölining 50-kilometrida sodir bölgan. Xöjanddan Duşanbe şahri tomonga harakatlanayotgan 40 N 174 GB davlat raqamli Nexia yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan.

YTH oqibatida Nexia haydovçisi va ikki nafar yölovçi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok bölgan.

Maşina haydovçisi Farğona viloyatida yaşovçi, 1964 yilda tuğilgan M.B. ekanligi aniqlangan. Qolgan qurbonlarning şaxsini aniqlaş çoralari körilmoqda.

Qayd etilişiça, YTH yuzasidan şu kunning özida Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot yuborilgan.