Jahon | 20:30 / 08.02.2022
7972
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya quruvchilar birlashmasi sohaga 2 millionga yaqin migrant yetishmayotganligini bildirdi

Ta’kidlanishicha, Rossiya qisqa muddatli istiqbolda mehnat migrantlarini jalb etishdan voz kecha olmaydi.

Foto: Vladimir Gerdo/TASS

Rossiya quruvchilar milliy birlashmasi rahbari Anton Glushkov hozirda sohaga 1,5 milliondan 2 million nafargacha migrant yetishmayotganligini aytdi.

«Bugungi kunda pandemiya va chegaralardagi cheklovlar tufayli qurilish sohasi ishchi kuchi tanqisligiga duch kelgan. Mavjud vaziyatda sohaga xorijdan ishchi kuchini jalb etmaslikning imkoni yo‘q. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, qurilish hajmi saqlab qolinganda 1,5 milliondan 2 million nafargacha migrant yetishmaydi»,— dedi u.

Uning fikricha, Rossiya qisqa muddatli istiqbolda mehnat migrantlarini jalb etishdan voz kecha olmaydi.

Mamlakat qurilish vazirligining baholashicha, 2021 yil sentyabr holatiga ko‘ra, birgina Moskvadagi qurilishlarda ishchi kuchi tanqisligi 3 million nafarni tashkil etgan.

Moskva hukumati esa aksincha, poytaxtdagi mehnat migrantlari sonini kamaytirishni istamoqda.

Mavzuga oid