Ötgan yil yakunlariga köra, «Gazprom» holdingi birinçi marta Forbes jurnalining Rossiyadagi norentabel kompaniyalar reytingiga kiritildi. Şu bilan birga, mamlakatdagi eng norentabel kompaniyalar orasida u 583,1 milliard rubl miqdoridagi rekord darajadagi sof zarar bilan birinçi örinni egalladi, deb xabar berdi naşr 2 oktyabr, çorşanba kuni keçqurun.

«Gazprom» 25 yil içida birinçi marta zarar kördi. Şu bilan birga, Rossiyaning Forbes naşri ta’kidlaşiça, bu holatda moliyaviy yöqotişlar köproq «buxgalteriya hisobi» xususiyatiga ega, çunki ular 1,15 trillion rubl miqdoridagi nomoliyaviy aktivlarning qadrsizlanişidan yöqotişlar va valuta kurslaridagi 652 milliard rubllik farqlardan yöqotişlarga taalluqli.

«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari röyxatidan tuşib ketdi

«Rosneft» davlat neft kompaniyasi Forbes tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng serdaromad kompaniyalari reytingida birinçi örinni egalladi. Röyxatda jami 100 ta kompaniya bor.

2023 yil oxirida «Rosneft» 1,528 trillion rubl sof foyda oldi. Bir yil avval kompaniya 813 mlrd rubl bilan reytingda uçinçi örinni egallagan edi.

Ötgan yilgi yetakçi «Gazprom» 2023 yil oxirida rekord darajadagi 583 milliard rubl zarar bilan röyxatdan çiqib ketdi.