Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOda "Rossiyaning maqsadlari borasida ishonch yo‘q, u keyingi o‘n yil ichida eng ko‘p kuchlarini bir joyga to‘pladi va bu xavotir uyg‘otadi".
![](https://storage.kun.uz/source/8/vEGpq9inBi4oKHcIbyWdQO4lI091tQoz.jpg)
Foto: TASS
NATO Ukraina atrofidagi vaziyat qanday rivojlanishini bilmaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg aytdi.
"Biz Ukrainada nima bo‘lishini bilmaymiz. Ammo vaziyat Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq inqiroz mavjudligini ko‘rsatdi", - dedi u.
U shuningdek, NATO Ukrainada hujum qilish tizimlarini joylashtirishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, "NATO mudofaa ittifoqi hisoblanadi".