Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya bosh vaziri NATO bosh kotibi bo‘ladi
Mark Ryutte alyansning barcha 32 davlati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Uning yagona raqibi o‘z nomzodini qaytarib oldi.
NATO tashkilotiga a’zo 32 ta davlatning barchasi bosh kotib lavozimiga Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte nomzodini qo‘llab-quvvatladi, deb yozdi Politico.
Ryutteni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan oxirgi davlatlar Slovakiya va Vengriya edi. Ular 18 iyun kuni uning nomzodini tasdiqladi.
Alyans bosh kotibi lavozimiga Ryuttedan tashqari yagona da’vogar Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis edi. Ammo 20 iyun kuni u o‘z nomzodini qaytarib olishini ma’lum qildi.
NATO bosh kotibi sifatida Ryutte 1 oktyabrda lavozimidan ketadigan Yyens Stoltenberg o‘rnini egallaydi.
Mark Ryutte 1967 yilda tug‘ilgan, siyosatchi va davlat arbobi, 2010 yil oktyabrdan beri Niderlandiya bosh vaziri. «Ozodlik va demokratiya uchun» o‘ng qanot liberal xalq partiyasi rahbari (2006-2023), 2002 yildan 2010 yilgacha - hukumat idoralarida davlat kotibi.
Ryutte NATO tomonidan Rossiyani tiyib turish tarafdori. U NATO a’zolari yillik mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini tashkil etishi lozimligini ta’kidlab kelmoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
10:15 / 08.06.2026