Niderlandiyalik siyosatçi Mark Ryutte NATOning yangi boş kotibi böladi va bu lavozimda norvegiyalik Yyens Stoltenberg örnini egallaydi. 26 iyun, çorşanba kuni Şimoliy Atlantika alyansi barça a’zo davlatlarning roziligi olinganidan söng Ryutteni rasman yangi rahbar etib tayinladi.
10 yillik boşqaruvdan keyin taşkilotni tark etayotgan Stoltenberg ittifoqçilarning qarorini olqişladi va «NATOni işonçli qöllarga topşirib qoldirişini» aytdi. X ijtimoiy tarmoğida tayinlovni izohlar ekan, u 57 yoşli vorisni transatlantik hamkorlikning haqiqiy tarafdori, kuçli yetakçi va konsensusda vositaçi deb atadi.
Öz navbatida, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen YeI va NATO hamkorligini yanada mustahkamlaş uçun Mark Ryutte bilan yaqindan işlaşini ma’lum qildi.
Ruminiya prezidenti arizasini qaytarib oldi
Mark Ryuttening NATO yetakçisi lavozimiga tayinlanişi avvalroq Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis nomzodini qöllab-quvvatlagan Şarqiy Yevropaning bir qança davlatlari roziligidan keyin tasdiqlandi. 20 iyun kuni Yoxannis öz arizasini qaytarib olişini e’lon qildi va şu tariqa Ruminiya Ryuttening taşkilot yetakçiligiga saylanişini qöllab-quvvatlagan NATOning sönggi davlatiga aylandi. 18 iyun kuni Vengriya va Slovakiya ham xuddi şunday qadam taşlab, qarorni Ryuttening va’dalari bilan oqladi.
Germaniya, AQŞ, Britaniya va Fransiya fevral oyida Ryutte nomzodini qöllab-quvvatlagan edi. Germaniya kansleri Olaf Şols uni «katta tajriba, xavfsizlik siyosati böyiça kuçli diplomatik mahoratga ega ajoyib nomzod» deb atadi.
Mark Ryutte Şimoliy Atlantika alyansini 75 yillik tarixida boşqargan törtinçi niderland böladi va iyul oyi boşida Vaşingtondagi yubiley sammitida özining yangi lavozimida taqdim etiladi. Hozirda u Niderlandiya boş vaziri vazifasini bajaruvçi va mamlakatning yangi hukumati qasamyod qilgandan söng yaqin haftalarda öz lavozimini tark etadi.
Stoltenbergning vakolati 1 oktyabrda tugaydi
Yyens Stoltenberg 2014 yildan beri NATO boş kotibi lavozimida işlab kelayotgandi. 2023 yil fevral oyida u mandatni yana uzaytirmasligini e’lon qildi, çunki bu uç marta sodir bölgan. Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasida keng kölamli uruş boşlanganidan keyin öz lavozimini tark etişning iloji yöqligi sababli Stoltenberg hatto Norvegiya banki rahbari etib tayinlanişini rad etişga majbur böldi. Oxirgi marta uning NATO rahbari sifatidagi mandati ötgan yilning iyulida Vilnyusdagi sammitda 2024 yil 1 oktyabrgaça uzaytirilgan edi.








