O‘zbekiston | 07:26 / 22.02.2022
5978
3 daqiqa o‘qiladi

Bojxona organlarining vazifalari kengaytirildi

Foto: Kun.uz

Prezident tomonidan «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun imzolandi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilardan iborat:

3-modda yettinchi xatboshi bilan to‘ldirildi va unga ko‘ra bojxona organlarining vazifalari doirasi kengaytirildi. Endilikda, ulardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etishdir;

7-modda ham to‘rtinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirildi va ularga muvofiq, bojxona organlari bojxona auditini amalga oshirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatishga haqli;

13-moddaning to‘rtinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi va unda quyidagi alohida hollarda bojxona organlari xizmatga qabul qilinishi belgilandi:

prezidentning farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud DBQ raisining buyrug‘i asosida – boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining xodimlari;

DBQ raisining buyrug‘i asosida – yoshi 30 dan oshgan, tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar.

13-moddaning beshinchi qismi ham o‘zgartirildi. O‘zgartishlarga muvofiq, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar qatoriga qo‘shildi.

17-moddaning birinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi va unda aytilishicha, DBQ raisi bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

18-modda ikkinchi qism bilan to‘ldirildi. Endilikda, bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (Bojxona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.

Mavzuga oid