Britaniya Abramovichning biznes hamkoriga qarshi sanksiyalarni bir kun o‘tib bekor qildi
Britaniya hukumati ikki nafar rossiyalik milliarder Oleg Tinkov hamda Yevgeniy Shvidlerga qarshi transport sanksiyalarini bekor qildi. Bu haqda sanksiyalarning yangilangan ro‘yxatida ma’lum qilingan.
Oleg Tinkov Rossiyadagi «Tinkoff bank» asoschisi hisoblanadi. Yevgeniy Shvidler esa Millhouse investitsion kompaniyasi rahbari hisoblanadi. Uni asosan Roman Abramovichning biznes hamkori deb bilishadi.
Sanksiyalar ro‘yxatining yangilangan variantida Tinkov va Shvidlerga qarshi qo‘llangan transport sanksiyalari bir kun o‘tib olib tashlangan. Qirollik joriy qilgan sanksiyalar tadbirkorlarning Britaniya hududida bo‘lgan biznes jyetlar va yaxtalari musodara qilinishiga imkon berardi. Shuningdek, qora ro‘yxatga tushganlar havodan ham, suvdan ham Britaniyaga kirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Tinkov va Shvidlerdan tashqari Britaniya joriy qilgan transport sanksiyalariga 31 nafar jismoniy shaxs va 26 ta korxona duch kelgan. Xususan, «Sberbank» rahbari German Graf, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Trutnev ham. Bu ro‘yxatga tushganlarning aktivlari ham muzlatiladi.
Avvalroq rossiyalik milliarder Roman Abramovich AQSh prezidenti Jo Bayden bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazish uchun Polshaga borgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, Bayden bilan muloqot vaqtida Zelenskiy Abramovichga qarshi sanksiya qo‘llamay turishni so‘ragani, u muzokaralarda yordam berishi mumkinligini aytgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
22:48 / 18.09.2024
Britaniyada kapalaklar kamayib ketayotgani tufayli «favqulodda holat» e’lon qilindi
13:12 / 18.09.2024
Buyuk Britaniyada qirollik fermasi uchun cho‘pon qidirilmoqda
13:20 / 16.09.2024
Britaniyaga kirishga uringan 10 ga yaqin muhojir halok bo‘ldi
10:40 / 16.09.2024