Sandringem saroyi saytida yangi vakansiya paydo böldi: Çarlz III ning mulkiga qirollik qöy podalariga qaraydigan yangi tajribali çöpon qidirilmoqda.

Böş iş örni e’lonida qayd etilişiça, Sandringemdagi 200 gektardan ortiq yaylovni qamrab olgan fermada qöy va şortgorn zotli qoramollar yetiştiriladi. U yerda 2 mingga yaqin qirollik qöylari boqiladi.

Buyuk Britaniya fuqarolari uşbu lavozimga da’vogarlik qilişi uçun kamida ikki yillik tegişli tajribaga, haydovçilik guvohnomasiga va şaxsiy itga ega bölişi lozim.

“Çorvaçilikka iştiyoqi bor, oçiq fikrli, örganiş va rivojlanişga tayyor bölgan nomzodlarga” ustunlik beriladi. Talabgor “jamoa bilan işlaydigan va maqsadga intiluvçan bölişi, hayvonlarni himoya qilişning eng yuqori standartlarini saqlay olişi” maqsadga muvofiqdir.

Işning asosiy qismi çorva mollarini har kuni ötlatiş, şuningdek qiş va bahor oylarida podani saqlaşga kömaklaşişdan iborat. Arizalarni topşirişning sönggi muddati 27 sentabr.

Sandringem Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III va qiroliça Kamillaning eng sevimli dam oliş joyi hisoblanadi. 2019 yilda, hali şahzodalik paytida, Çarlz şahar taşqarisida joylaşgan qörğondagi fermada çorva mollarining sonini köpaytirişni buyurgandi. U qörğonni 2022 yil sentabr oyida onasi, qiroliça Yelizaveta II vafot etganidan söng meros sifatida oldi.