Jahon | 19:41 / 02.04.2022
34367
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini chetlab o‘tishga harakat qilmasligi aytildi 

Van Lutunning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiya bilan savdoni davom ettirmoqda, shu bois sanksiyalar «Xitoyning Moskva bilan savdo aloqalariga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim».

Foto: AP

Xitoy G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun maxsus harakatlarni amalga oshirmaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining Yevropa departamenti direktori Van Lutun ma’lum qildi.

«Biz AQSh va G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun hech bir ish qilmaymiz», - dedi u.

Van Lutun «Xitoyning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligiga putur yetmasligi kerak»ligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiya bilan savdoni davom ettirmoqda, shu bois sanksiyalar «Xitoyning Moskva bilan savdo aloqalariga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim».

Diplomat, shuningdek, Xitoyning Rossiyaga ta’siriga ortiqcha baho bermaslikni so‘radi. Van Lutunning aytishicha, Pekin Moskvadan harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘rasa, Moskva unga quloq soladi deb o‘ylash kerak emas.

Mavzuga oid