O‘zbekiston | 10:55 / 27.05.2022
6810
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bojxona postlari o‘tkazuvchanligini oshirishga kelishib oldi 

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara bojxona postlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatlari oshiriladi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Joriy yil 26 may kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari xodimlari o‘rtasida video-konferens-aloqa tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki davlat bojxona xizmatlarining sohaviy va hududiy boshqarmalari, chegaradosh bojxona postlari boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bojxona postlarining o‘tkazuvchanligini oshirish borasidagi mavjud muammolar va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar, bojxona postlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, o‘zbek-qozoq davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilari va fuqarolarga qulayliklar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda o‘zbek-qozoq davlat chegarasida 10 ta bojxona postlari va 2 ta bojxona punktlari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, sutka davomida o‘rtacha 2700 ta transport vositasi va 7200 nafar yo‘lovchi harakatlanmoqda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli tadbirlar belgilab olindi.

Mavzuga oid